Sport | 18:16 / 06.08.2015
2139
1 daqiqa o‘qiladi

"Neftchi" moldovalik himoyachi Adrian Kashkavalni o‘z safiga qo‘shib oldi

5 avgust chorshanba kuni Farg‘onaning «Neftchi» klubining Qirgulidagi stadionda mavsumlar oralig‘ida o‘z safiga qo‘shib olgan futbolchilarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Jamoa o‘z safiga moldovalik himoyachi Adrian Kashkaval va hujumchi Otabek Isroilovni qo‘shib olgandi. Ikkinchi davradan farg‘onaliklar safida to‘p suradigan moldovalik himoyachi 27 raqamli, Isroilov esa 26 raqamli futbolkalarga maydonga chiqishadigan bo‘lishdi.

Ma'lumot uchun Kashkaval birinchi davrada Olmaliqning «Olmaliq» jamoasi safida harakat qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish