21:47 / 06.08.2015
2865

O‘zbekistonda 10 avgustdan 1876 ta maktab yarmarkasi o‘z ishini boshlaydi

O‘zbekiston bo‘ylab 10 avgustdan 1876 ta maktab yarmarkasi o‘z ishini boshlaydi. Bu yarmarkalarda o‘quv yili uchun zarur barcha ashyolarni sotib olish mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today axborot agentligi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida 970 ta yarmarka umumiy o‘rta maktablarda, 232 tasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, 398 tasi aholi punktlarining gavjum joylarida, 276 tasi yirik savdo nuqtalari hududida tashkil etiladi. Bundan tashqari, avgust oyi davomida 130 ta ko‘chma avtodo‘konlar faoliyat yuritadi. Bu ko‘chma do‘konlar tog‘ va dasht aholi punktlaridagi aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Rastalardan 26 ta nomdagi o‘quv qurollari va mahsulotlarini sotib olish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, maktab bozorlarida bolalar poyafzali, kundalik kiyimlar va sport kiyimlari sotiladi. Ko‘pchilik mahsulotlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida maktab bozorlari hududida to‘lov terminallari amal qiladi. Buning evaziga mahsulotlarni naqd pul bilan bir qatorda plastik to‘lov kartalari (uzkart, viza, onlayn) yordamida olish mumkin bo‘ladi.

Top