06:58 / 06.08.2015
3353

Samarqandda qog‘oz chiqindilaridan turli ko‘rinishdagi qog‘oz mahsulotlari olinmoqda

Samarqandda joylashgan Urgut-China cartons mas'uliyati cheklangan O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida sanoat chiqindilaridan mahsulot olish yo‘lga qo‘yildi

“Bizning korxonada ikkilamcha qayta ishlangan qog‘ozdan oziq-ovqat mahsulotlari uchun turli ko‘rinishdagi upakovkalar hamda poyabzal korxonalari uchun qutilar ishlab chiqarilmoqda. Bir oy davomida biz 80 tonna qog‘ozni qayta ishladik. Xom ashyoni Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston va Samarqand shahrining o‘zidan olamiz. Uskunalarni Xitoydan investitsion dasturga muvofiq olib kelganmiz. Ayni paytda korxonada yaqin oradagi mahallalardan 40dan ko‘proq odam ishlamoqda”, deb aytmoqda korxona rahbari Jalol Xudoyqulov.

Top