14:24 / 06.08.2015
2610

Ukraina bosh prokuraturasi Yanukovichni so‘roqqa chaqirdi

Ukraina bosh prokuraturasi sobiq prezident Viktor Yanukovichni 11 avgust kuni so‘roq uchun chaqirdi. Bu haqda Interfaks agentligi tomonidan xabar berilmoqda.

“Gumondor Yanukovich Viktor Fyodorovich 2015 yilning 11 avgust kuni soat 11:00da Ukraina bosh prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Yu. Bezschasniy huzuriga tergov va protsessual jarayonlarni amalga oshirish uchun chaqiriladi”, – deyiladi rasmiy da'vatnomada.
Ushbu da'vatnomaga hozircha javob olinmagani va Yanukovichning qayerda ekanligi noma'lumligicha qolayotgani aytilmoqda.

Top