08:18 / 07.08.2015
4100

Aktrisa Jyennifer Eniston aktyor Jastin Teruga turmushga chiqdi

45 yoshli AQShlik taniqli aktrisa Jyennifer Eniston 44 yoshli aktyor Jastin Teruga turmushga chiqdi. Bu haqda 6 avgust kuni CNN telekanali ma'lum qildi.

Nikoh marosimi 5 avgustda ularning Los-Anjyeles tashqarisidagi uylarida bo‘lib o‘tdi.

Gollivudning TMZ portalining aytishicha, juftlik ortiqcha shov-shuv ko‘tarilishidan qochib, mehmonlarga Teruning tug‘ilgan kunini nishonlashayotgani aytishgan. Biroq mehmonlar kelganda tug‘ilgan kun o‘rniga to‘y bo‘lishi ma'lum bo‘lgan. Shu tariqa juftlik axborotning tashqariga chiqib ketishi va paparatstsi yog‘ilib kelishining oldini olishgan.

Teru va Eniston aktrisaning aktyor Bred Pitt bilan turmushi barham topgandan keyin taxminan 6 yil o‘tib, 2011 yilning bahoridan boshlab uchrashishni boshlashgan.

Top