10:11 / 07.08.2015
2901

Pekin Janubiy Xitoy dengizida vaziyatni keskinlashtirishga qarshi chiqdi

XXR tashqi ishlar vaziri Van I Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyatni keskinlashtirishga qarshi chiqdi. Xinhua agentligining ma'lum qilishicha, u Kuala-Lumpurda o‘tayotgan ASeAN mintaqaviy forum chog‘ida ushbu bayonotni bergan.
“Avvalo, Janubiy Xitoy dengizidagi umumiy vaziyat barqaror. Yirik ixtiloflar kelib chiqishi ehtimoli yo‘q. Shu bois Xitoy kelishmovchiliklarni ko‘pirtirib ko‘rsatadigan va keskinlik yuzaga keltiradigan har qanday so‘zlar va harakatlarga qarshi”, – ta'kidladi u.
Shu bilan birga, Van Ining fikricha, XXR boshqa davlatlar bilan bir qatorda dengizda navigatsiya erkinligi ta'minlanishidan manfaatdor.
“Dengizdagi qum to‘kish ishlariga kelsak, ayrim davlatlarning bu boradagi tashvishlari asossiz, negaki bu ishlar ancha oldin boshlangan, va ularni Xitoy boshlamagan. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, oxirgi yillarda dengizdagi status-kvo o‘zgarishlarga uchrab turgan”, – qo‘shimcha qildi vazir.
6 avgust kuni ASeAN (Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi) tashqi ishlar vazirlari XXRning Janubiy Xitoy dengizida sun'iy orollar yaratishi yuzasidan o‘z tashvishini bildirdi. Ilgari bu xatti-harakatlarga AQSh qarshi chiqqan edi.

Top