18:55 / 07.08.2015
3334

Xitoylik er o‘z rafiqasi uchun 150 kg og‘irlikdagi tanga evaziga brilliant uzuk sotib oldi

Xitoyda istiqomat qiluvchi Lyan Lyan o‘zining rafiqasi uchun brilliant toshli nikoh uzugini 12 ming Xitoy yuaniga xarid qildi ($1,9 mingdan ortiqroq). Xitoylik xaridor mazkur pullarni umumiy og‘irligi 150 kg bo‘lgan tangalarda to‘ladi, deb yozmoqda South China Morning Post nashri.

30 yoshli Lyan Lyan tangalarning Fuyan shahar okrugidagi (Anxa provinsiyasi). Do‘konlardan biriga olib kelib to‘lagan. Pullarni sanash bilan to‘rt nafar xodim shug‘ullangan. Hisob-kitob uchun ular yarim kun vaqt sarflashgan. Xitoylik Lyan o‘z sevgilisini 20 yildan buyon yaxshi ko‘rib kelgan va unga o‘sha paytdayoq pul topgach, uylanishga va'da bergan.

Kuyovning so‘zlariga qaraganda, ikkita zargarlik buyumlari do‘koni unga nikoh uzugini sotishdan bosh tortgan. Tangalar evaziga sotishga rozi bo‘lgan do‘kon vakillari esa ushbu tangalarni «haqiqiy muhabbatning eng yaxshi isboti» sifatida o‘ziga xos nom berishgan.

Top