Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 07:13 / 08.08.2015
3470
1 daqiqa o‘qiladi
Mutko: ba'zi odamlar RFIga uch yillab ishga kelmagan bo‘lsa ham maosh olib yurgan
Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko Rossiya futbol ittifoqidagi muammolar xususida to‘xtalib o‘tdi.
“Sizga ma'lumki, RFIdan 30 kishi ishdan bo‘shatildi. Ular orasida shunday odamlar borki, uch yillab ishga kelmagan, biroq maoshni olib yuravergan.
Umuman, federatsiyalarning rolini o‘zgartirish kerak. Balki endi qonunan o‘zgartirish vaqti kelgandir. Biz odamlar nimaga, natija bor-yo‘qligiga javob berishlarini bilishimiz kerak”, deb aytdi Mutko.
Mutko 2 sentabrda bo‘lib o‘tadigan RFI prezidenti lavozimiga asosiy nomzod sifatida qaralmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish