19:35 / 08.08.2015
3118

O‘zbekiston va Germaniya soliqqa doir axborot almashishni kengaytirmoqda

7 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisida Senat «O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish to‘g‘risida 1999 yil 7 sentabrdagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnomani (Berlin, 2014 yil 14 oktabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ma'qulladi.

Senatorlarning fikricha, ushbu Bayonnomaning qabul qilinishi ikki mamlakat o‘rtasida soliqqa doir axborot almashish jarayonini tezlashtirishga, soliqlar to‘lashdagi turli suiiste'molliklarga qarshi kurashishga, shuningdek, rezidentlar tomonidan to‘lanmagan soliqlarning tomonlar byudjyetlariga o‘z vaqtida kelib tushishiga ko‘maklashadi.

Top