Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:12 / 09.08.2015
4179
1 daqiqa o‘qiladi
Donetskda YeXHT missiyasiga tegishli 4ta zirhli avtomobil yoqib yuborildi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Donetskdagi maxsus monitoring missiyasiga tegishli 4ta zirhlangan mashina 9 avgust yarim tunda yonib ketdi. Bu haqda missiyaning Tvitterdagi sahifasi orqali xabar qilindi.
Xabarnomada aytilishicha, mashinalar qasddan yoqib yuborilgan.
“YeXHT bunday xatti-harakatlarni qoralaydi”, – ta'kidlandi xabarnomada.