Sport | 23:00 / 09.08.2015
3527
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik yosh kurashchilar Braziliyadagi jahon chempionatiga yo‘l oldilar

Erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentdagi “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati bazasida Braziliyaning Salvador shahrida 11-16 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishni yakunladi.

O‘zbekiston sport kurashi uyushmasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga quyidagi kurashchilar kiritildi:

Erkin kurash: Hojiakbar O‘tkirov (50 kg), Davlatbek Ismatov (60 kg), Sirojiddin Hasanov (66 kg). Murabbiy – Olim Hikmatov.

Yunon-rum kurashi: 50 kg: Javohir Mirahmedov (50 kg), Islom Bahromov (55 kg), Qamariddin Zayniddinov (60 kg), Aram Vardanyan (66 kg). Murabbiy – Ravshan Ro‘ziqulov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish