Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:25 / 09.08.2015
6957
1 daqiqa o‘qiladi
Yyellouston bog‘ida ayiq odamni o‘ldirib qo‘ydi
AQShning Yyellouston milliy bog‘ida o‘rta yoshli erkak grizli ayig‘i tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Erkak bog‘ning tibbiy xizmatida ishlagan. Uning g‘oyib bo‘lgani haqida 7 avgust kuni ma'lum qilingan edi.
Ayni paytda ayiq qidirilmoqda.
Iyun oyining oxirida bog‘ hududida ayiq sayohatchilar oilasiga hujum qilgan edi.