14:27 / 10.08.2015
2451

O‘zbekistonda 33ta tahririyatga kompyuter jamlanmalari topshirildi

O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi 33ta bosma OAV tahririyatlariga kompyuter jamlanmalari taqdim etdi. Bu haqda fond tomonidan o‘tkazilgan “Davlat tomonidan OAVning iqtisodiy erkinligi va moliyaviy barqarorligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzuidagi davra suhbati chog‘ida aytildi.

Fond direktori Abdulaziz Abdullayevning so‘zlariga qaraganda, davlat rahbarining 2011 yil 30 dekabridagi “OAVni yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq OAV tahririyatlari va nashriyot-matbaa korxonalariga soliq va bojxona imtiyozlari kengaytirildi, shuningdek, moddiy yordam ko‘rsatildi.

Jumladan, “Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va ularni amalga oshirish jarayonlarini keng yoritishda alohida faollik ko‘rsatayotgan 33ta hududiy hamda markaziy bosma OAV tahririyatlariga jamoat fondi tomonidan sertifikat va kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Top