11:57 / 11.08.2015
10217

Surxondaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Podpolkovnik Jasurbek Atayev Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbari etib tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi IIVning “Postda” gazetasi xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari tizimida qator yangi rahbar kadrlar tayinlangan.

Jumladan, podpolkovnik Axmad Xolikov Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i, mayor Faxriddin Mengliyev tashkiliy inspektorlik bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shuningdek, Ichki ishlar vaziri buyrug‘iga binoan, Farg‘ona viloyati Buvayda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ham o‘zgartirilib, podpolkovnik Shavkatjon Mavlanov tayinlandi.

Podpolkovnik Baxtiyor Shamsutdinov esa Navoiy viloyati IIB shaxsiy tarkib bo‘yicha maxsus inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Top