16:23 / 12.08.2015
4560

Andijonda "Matiz" haydovchisini tunagan yo‘lovchilar qo‘lga olindi

Andijon viloyati Jalaquduq tumani IIBga shu tumanida yashovchi fuqaro murojaat qilib, o‘zining "Matiz" rusumli avtomashinasida Xo‘jaobod tumanidan qaytayotganida uch noma'lum shaxs Oxunboboyev shahriga yo‘lovchi sifatida olib ketishini iltimos qilganini va manzilga yaqin qolgan vaqtida yo‘lovchilar jabrlanuvchiga ochiqdan-ochiq tahdid qilib, tan jarohati yotkazib, ma'lum miqdordagi pullarini olib ketganlarini ma'lum qiladi.

Tuman ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida gumonlanuvchilar "issiq izida" qo‘lga olindi va ushbu jinoyat to‘liq fosh etildi.

Aniqlanishicha, mazkur bosqinchilikni 1986, 1986 va 1978 yilda tug‘ilgan mahalliy aholi vakili sodir etgan.

Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top