23:01 / 12.08.2015
3205

«Nasaf» o‘z maydonida «Lokomotiv» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

Qarshining "Nasaf" klubi O‘zbekiston Kubogi yarim finali dastlabki uchrashuvida "Lokomotiv" jamoasini qabul qildi va 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi, deb xabar berilmoqda uff.uz saytida.

E'tiborli tomoni, qarshiliklarning har ikki goli ham birinchi bo‘limda kiritildi. Avvaliga Allaniyazov 15 daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Shoxrux Gadoyev 28 daqiqada jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Garchi 42 daqiqada "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo‘ja Abduholiqov maydondan chetlatilgan va "temiryo‘lchilar" bir kishi kam bo‘lib qolgan bo‘lsada, "Nasaf" raqib darvozasiga boshqa gol kirita olmadi. Aksincha, "Lokomotiv" ikkinchi bo‘limda hisobni qisqartirishi ham mumkin edi.

Ammo ushbu hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi va "Nasaf" javob o‘yini oldidan ajoyib imkoniyat hosil qilib turibdi.

O‘zbekiston kubogi
"Nasaf"  - "Lokomotiv" — 2:0 
Gol: Allaniyazov 15, Gadoyev 28
"Nasaf": Eldorbek Suyunov, Maqsud Karimov, Ilhom Shomurodov, Artur Gevorkyan, Erkin Boydullayev, Shohruh Gadoyev, Sherzod A'zamov, Shuhrat Muhammadiyev, Odil Hamrobekov, Farruh Sayfiyev, Azamat Allaniyazov.
"Lokomotiv": Ma'mur Ikromov, Boburbek Yo‘ldoshev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Nemanya Yanichich, Lutfullo To‘rayev, Sanjar Shoahmedov, Ibrohim Rahimov, Ikrom Aliboyev, Oleg Zoteyev, Ivan Nagayev, Temurxo‘ja Abduholiqov.
Chetlatish: Temurxo‘ja Abduholiqov, 42.

Top