Jahon | 15:03 / 12.08.2015
2337
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Yaponiyada AQSh Harbiy-havo kuchlariga tegishli vertolyot qulab tushgan

AQSh Harbiy-havo kuchlariga tegishli vertolyot Yaponiyaning Okinava oroli sohillariga qulab tushgan. Bu haqda NBC News nashri xabar tarqatdi.

Harbiy tashkilot vakillaridan birining aytishicha, ekipaj tarkibida bo‘lgan 17 harbiylarning barchasi qutqarib qolingan.

Sohil qo‘riqchilarining qayd etishicha esa yetti nafar ekipaj a'zosi jabrlangan.

Yapon matbuoti halokatga uchragan vertolyot markasini UH-60 Blackhawk deb yozmoqda.

Amerika harbiylari bu model halokatga uchraganini tasdiqlamadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish