14:58 / 12.08.2015
3371

Qirg‘iziston va Qozog‘iston prezidentlari bojxona chegaralarining ochilish marosimida ishtirok etishdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va uning qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyev ikki davlat o‘rtasidagi bojxona chegaralarining tugatilishi marosimida ishtirok etishdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining rasmiy sayti xabar qildi.
Marosim 12 avgust kuni Issiqko‘l viloyatidagi Chingiz Aytmatov nomli Ruh O‘rda madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar teleko‘prik orqali jarayonni bevosita boshqarib borishdi.
Teleko‘prik madaniyat markazi hamda Oq yo‘l va Qo‘rdoy nazorat o‘tkazish punktlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Davlatlar rahbarlari teleko‘prik orqali chegaralarni ochishga ko‘rsatma berishdi.
Nazorat o‘tkazish punktlaridagi jarayonni Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev va Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari Baqitjon Sagintayevlar boshqarib borishdi.

Top