16:51 / 12.08.2015
3532

Qoraqalpog‘istonda qiymati 355 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan baliq ozuqasi yashirin ravishda saqlangani aniqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda Orol dengizidan baliqlar uchun ozuqani noqonuniy ravishda yig‘ib olgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda bojxona qo‘mitasining axborot xizmati xabar bergan.

Mo‘ynoq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaroning xonadonidan noqonuniy ravishda saqlanayotgan 138ta qopda qiymati 214 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan 4551 kg Artemiy qisqichbaqasi urug‘lari topilgan.

Shuningdek, tumandagi sobiq Mo‘ynoq baliq konserva zavodi hududida o‘tkazilgan tadbir davomida omborlardan biriga 236 qopda qiymati 355 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan jami 7551 kg mazkur baliq ozuqasi noqonuniy ravishda saqlanayotgani aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Top