14:18 / 12.08.2015
3438

Toshkentdan Issiqko‘lga poyezdda borish imkoni tug‘ildi

Toshkentdan Issiqko‘l bo‘yidagi Baliqchi shahriga yangi sayyohlik poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ sayti orqali axborot berildi.
Aytilishicha, poyezd 16, 23, 30 avgust, yakshanba kunlari soat 13:27da Toshkentdan jo‘nab ketadi. Baliqchidan qaytadigan reys 18, 25 avgustYu 1 sentabr, seshanba kunlari soat 2:55ga belgilangan.
Poyezd qatnovi bundan keyin ham davom etish yoki etmasligi haqida axborot berilmadi.

Top