06:24 / 13.08.2015
6515

Atamboyev Qirg‘izistonga Nazarboyevdek prezidenti bo‘lishini tiladi

12 avgust kuni Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahridagi “Rux O‘rda” majmuasida Qirg‘iziston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi chegaralarning ochilishi paytida Qirg‘iziston prezidenti Olmosbek Atamboyev o‘z mamlakati iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha Qozog‘istondan ortda qolayotganini ta'kidlab o‘tdi, deb yozmoqda “Vecherniy Bishkek” gazetasi.   

“Qirg‘izistonda Nursulton Nazarboyevdek prezident bo‘lmagan, shuning uchun biz rivojlanishda ozgincha ortda qolmoqdamiz. Qozog‘istonda aholi jon boshiga YaIM darajasi bizdagidan 15-20 marta ko‘proqni tashkil qiladi. Yil natijalariga ko‘ra Qozog‘iston MDH davlatlari o‘rtasida YaIM darajasi bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqadi”, deb aytdi Atamboyev.   

Atamboyev Qozog‘iston prezidenti bilan yonma-yon turganidan faxrlanishini aytib o‘tdi.

“Nazarboyev nafaqat Markaziy Osiyodagi, balki butun dunyodagi ilg‘or davlatlardan birining yetakchisi. Chegaralarning ochilishi bu muhim tarixiy voqea. Mening faqatgina bitta orzuim bor – kelajakda bizning davlatlar orasida hech qanday to‘siqlar bo‘lmasin, chunki biz qardosh xalqlarmiz”, deb ta'kidlab o‘tdi Qirg‘iziston prezidenti.   

Atamboyev Qirg‘izistonga Nazarboyevdek prezident bo‘lishini tilab qoldi. U qozoqlar va qirg‘izlar turk davlatlari orasida bir-biriga eng yaqin davlatlar ekanini eslatib o‘tdi.

Nazarboyev o‘z navbatida Qozog‘iston 1,5 mlrd dollar investitsiya kiritgani va chegaralarning ochilishi savdoga ijobiy ta'sir ko‘rsatishini eslatib o‘tdi. “Men katta og‘angiz sifatida sizga doimo maslahat va yordam beraman”, deb aytdi Nazarboyev.     

Top