Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» Kuadrado va Ramires bo‘yicha «Chelsi» bilan muzokara o‘tkazdi
Turinning "Yuventus" klubi Londonning "Chelsi" jamoasidan bir yo‘la ikki nafar futbolchi xarid qilmoqchi.
Daily Mail nashri ma'lumotlariga ko‘ra, turinliklar Kuadrado va Ramiresni olish bo‘yicha muzokara o‘tkazishgan.
"Ko‘hna sinora" Kuadradoni "Shalke"dan Yulian Draksler olinmasa, xarid qilmoqchi. Ramiresga esa "Bavariya"ga o‘tib ketgan Arturo Vidalning o‘rinbosari sifatida qaralmoqda. Shuningdek, jamoada Andrea Pirloning o‘rni bo‘sh turibdi.
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino Kuadradoni sotishga rozi, ammo Ramiresni jamoada saqlab qolmoqchi.