Sport | 07:40 / 14.08.2015
2491
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyalik goleador darvozabon o‘z faoliyatidagi 130-golini urdi

Goleador darvozabonlar orasida rekordchi hisoblanuvchi braziliyalik Rojyerio Seni o‘z gollari sonini 130taga yetkazib qo‘ydi.

Braziliyaning «San-Paulu» klubida faoliyat ko‘zrsatadigan darvozabon-to‘purar ichki chempionat dirasida «Figeyrense» jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda yana bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

U Braziliya chempionati 18-turida kechgan ushbu o‘yinning 27-daqiqasida belgilangan penaltini aniq ijro etdi. Shu tariqa 42 yoshli darvozabon o‘z gollari sonini 130taga yetkazdi. O‘yin esa "San-Paulu"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Joriy mavsumda Rojyerio 42ta uchrashuv o‘tkazgan va jarima zarbalaridan 7ta gol urgan. U o‘z faoliyatidagi 130 ta golni urish uchun 1245ta o‘yin o‘tkazgan. Rojyerio 2015 yilda faoliyatini yakunlashi haqida aytgan.

2014 yilda Rojyerio Seni yana bir rekord o‘rnatgandi. U o‘shanda u bir jamoa safida o‘tkazgan g‘alabali o‘yinlari sonini 600dan oshirgandi. Qayd etish joizki, bu boradagi ikkinchi natija Rayan Giggzga tegishli. U "MYu" safida o‘tkazilgan 589ta g‘alabali o‘yinga ega.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish