11:12 / 14.08.2015
2796

Xitoy harbiylari talabalarni fikr bilan robotlarni boshqarishga o‘rgatmoqda

Xitoy harbiy akademiyasida talabalar fikr kuchi bilan robotlarni boshqarishga o‘rgatilmoqda. Buning uchun miya faolligini “o‘qib” oluvchi va tahlil qiluvchi garnitura qo‘llanadi. Ushbu garnitura tahlil qilingan axborotni mashinalar uchun ko‘rsatmaga aylantiradi.

Fikr kuchi bilan boshqariladigan robotlar namoyishi Xalq ozodlik armiyasi Mudofaa ilmiy-texnik universitetida o‘tkazildi. Talabalar fikr bilan robotlarni harakatga keltirishdi, ularni boshini va qo‘lini qimirlatishga, stol ustidagi buyumlarni olishga majbur qilishdi.

Robotlar boshqaruvi maxsus interfeys orqali amalga oshiriladi. Operatorning boshiga taqilgan uskunaning elektrodlari elektr entsefalografiya yordamida miya faolligini kuzatadi.

Robotlarni bu usulda boshqarish texnologiyasi harbiy akademiyada ishlab chiqildi. Akademiya ayni paytda fikr bilan boshqariladigan dronlar ustida ham ish olib bormoqda.

Laboratoriya xodimlari texnologiyani tinchlik vaziyatida qo‘llash mumkinligini ta'kidlamoqda. Ammo u harbiy sohada ham qo‘llanishi mumkin. U harbiy harakatlarda robotlardan foydalanib, insonlarning hayotini asrashga imkon beradi.

China News nashrining yozishicha, hozircha robotlar fikr kuchi bilan berilayotgan buyruqlarni 70 foiz vaziyatda to‘g‘ri bajarmoqda.

Top