Sport | 16:31 / 15.08.2015
2143
1 daqiqa o‘qiladi

Agent: Jordanning ismidan foydalanish 10 mln dollar turadi

Afsonaviy basketbolchi Maykl Jordanning agenti Devid Folk uning mijozi nomidan reklama maqsadlarida foydalanish 10 mln dollar turishini ma'lum qildi.
Bu haqda u Dominick's Finer Foods kompaniyasi bilan sud tortishuvi chog‘ida aytib o‘tdi. Kompaniya 2009 yili Jordanning nomidan reklamada foydalangan.
Folk MBAning olti karra chempionini AQShning eng mashhur qimmatbaho toshi – Xoup olmosi bilan qiyosladi.
“Xoup olmosi dunyodagi eng qimmatbaho toshdir. Uni qismlarga bo‘lish mumkin emas. Ayrim narsalar bo‘linmasdir, va bu ularning qiymatini himoya qiladi”, – uning so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish