11:54 / 15.08.2015
2047

OFK rahbari Platinini FIFA prezidenti saylovlarida qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti shayh Salmon ibn Ibrohim al-Xalifa UYeFA prezidenti Mishel Platinini FIFA prezidenti lavozimiga saylovlarda qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

“FIFAga tajribali, dono va tashkilotga barqarorlikni qaytara oladigan yetakchi zarur. Platini bunday sifatlarga egaligi bilan maqtana oladi va tashkilotga ishonchni qaytaradigan o‘z qarashiga ega”, deb aytdi al-Xalifa.  

Avvalroq Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMeBOL) prezidenti Xuan Anxel Napout ham Platini nomzodini qo‘llab-quvvatlashini aytgan edi.

Platini FIFA prezidenti saylovlarida ishtirok etishini 29 iyulda ma'lum qildi. Avvalroq Yevropa OAVlarida fransuz mutaxassisi 6 ta futbol konfederatsiyasidan 4 tasining qo‘llab-quvvatlashi haqidagi va'dasini olgan. TASS axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Platini ikkila tashkilotga ham rahbarlik qila olishi mumkin, chunki bu FIFA va UYeFA nizomlariga zid kelmaydi.  

Top