14:25 / 16.08.2015
4240

Aqshdagi restoranga ikki mijoz bo‘yniga ilon o‘rab keldi

AQShning Missuri shtatida joylashgan El Puente Meksika taomlari restoranining ikki mijozi muassasasiga bo‘yniga ilon o‘ragan holda tashrif buyurdi. Bu haqda The Daily Mail nashri yozmoqda.

Aytilishicha, erkak va ayol restoranga kirishganida, ayolning bo‘yniga ilon o‘ralgan edi. Bir muddatdan so‘ng ayol ilonni erkakka uzatdi, va u o‘z navbatida ilonni bo‘yniga o‘rab oldi.

Menejyer ulardan muassasani tark etishni so‘raganida erkak ilon uning yordamchisi ekanligini va depressiyaga qarshi kurashishga yordam berishini ma'lum qildi.
“Bu muassasada yo‘l boshlovchi it o‘tirganday gap”, – ta'kidladi mijoz.
Restoranda o‘tirgan ayollardan biri bu juftlikni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi, ammo u tezda binoni tark etgani bois boshqa ma'lumot olishning imkoni bo‘lmadi.
Fotosurat asosida aniqlanishicha, erkakning bo‘ynidagi ilon oddiy bo‘g‘ma ilon bo‘lib, zaharli emas.

Top