18:29 / 17.08.2015
2590

Bangkokdagi sayyohlik hududida ro‘y bergan portlashdan 5 kishi halok bo‘ldi

Tailand poytaxtida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deya xabar berdi “Sinxua” agentligi o‘z tvitter mikroblogida.

Qayd etilishicha, gaz ballonlarini tashuvchi yuk avtomobili portlab ketgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida 5 kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jarohatlangan.

Portlash sayyohlar o‘rtasida ommalashgan to‘rt yuzli Erawan Shrine Braxma haykalidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda sodir bo‘lgan.

Top