19:08 / 17.08.2015
3224

Misr G‘azo sektori bilan chegarani 4 kunga ochdi

Misr hukumati Rafax shahridagi G‘azo sektori bilan chegarada joylashgan nazorat-o‘tish punkti faoliyatini so‘nggi ikki oy ichida birinchi marta qayta ishga tushirdi, deya xabar berdi Associated Press.

To‘rt kun davomida chegara orqali har ikki tomonga o‘tishga ruxsat beriladi.

Ayni paytda 20 ming nafarga yaqin kishi G‘azo sektoridan chiqish uchun ariza taqdim qilgan. Ularning ko‘pchiligi talabalar va tibbiy yordam muhtojlar hisoblanadi.

Top