10:05 / 17.08.2015
3473

O‘zbekistonda mobil audiogidi uchun patent olindi

O‘zbekistonda mobil audiogidi uchun patent olindi. Bu haqda respublika intellektual mulk agentligi axborot berdi.

Audiogid muzeylarda va turistik obektlarda odamlarning yordamisiz, mustaqil ravishda aylanishga imkon beradi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida joylashgan muzeylarda odamlar o‘rnini aynan mana shunday audiogidlar bosmoqda.

Dastur mobil telefonlarga o‘rnatiladi. Telefon sohibi tegishli muzeyga tashrif buyurganida ushbu ilovadan foydalanib muassasada mustaqil ravishda aylanishi mumkin bo‘ladi. Dastur o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.

Dastur muallifiga DGU 03194 raqamli guvohnoma berildi.

Top