11:50 / 18.08.2015
5905

O‘zbekiston tartib va xavfsizlikning ta'minlangani ko‘rsatkichi bo‘yicha MDH davlatlari ichida birinchi bo‘ldi

2015 yilgi qonun ustuvorligi indeksida O‘zbekiston mamlakatda tartib va xavfsizlikning ta'minlangani ko‘rsatkichi bo‘yicha MDH davlatlari ichida birinchi natijani qayd qildi. Bu haqda UzA xabar bergan.

Xabarda ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar soha xodimlarining alohida e'tiborida. Noxush holatlarning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, xavfsizlikni ta'minlash yuzasidan maxsus reydlar o‘tkazilmoqda. Bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, xususan, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahalla posbonlari faol ishtirok etmoqda. Tadbirlar davomida aniqlanayotgan kamchiliklar, huquqbuzarliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.

Ma'lumot uchun, qonun ustuvorligi indeksi 2010 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, adolat va qonuniylikning universal prinsiplari asosiga quriladi. U har yili World Justice Project xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan e'lon qilib boriladi.

Top