18:36 / 18.08.2015
3610

Valyutalar kursi rossiyaliklarga haj uchun kvotalardan foydalanishga xalal bermoqda

Rossiya muftiylar kengashi raisi Rushan Abbyasovning TASS agentligiga xabar berishicha, 2015 yilgi haj mavsumida Saudiya Arabistoniga kamida 16,4 ming rossiyalik jo‘nab ketadi.

Uning qayd etishicha, ziyoratchilar sonining kamayishi dollar bahosining ortishi va sarfar xarajatlarining ko‘payishi bilan bog‘lanmoqda.

“Bunday muammo haqiqatdan ham bor. Belgilangan kvotani faqatgina Qrim to‘liq yopdi — u yerdan 300 kishi haj safariga boradi. Boshqa hududlarda esa kvota ochiqligicha qolmoqda. Hattoki azaldan ko‘p miqdordagi ziyoratchilar soniga ega Dog‘iston ham kvotani yopmadi”, – dedi Abbyasov.

Uning aytishicha, kvota hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin, biroq bu hali noma'lum. Ziyoratchilar sonining kamayib ketishiga asosiy sababchi sifatida safar xarajatlarining ortib ketishi aytilmoqda. Rossiyalik ziyoratchilar valyuta kursining oshishini hisobga olgan holda 3,5 ming dollar sarflashlari lozim. Qrimliklar esa maxsus imtiyozlar sharoitida haj ziyoratini amalga oshiradi.

Rossiyadan dastlabki ziyoratchilar 2015 yilning sentabr oyi birinchi yarmida jo‘nab ketishadi.

Top