05:38 / 19.08.2015
3836

Forbes yangi iPhone 6S va iPhone 6S Plus smartfonlarining savdoga chiqishi sanasidan darak topdi

Forbes jurnali yangi iPhone 6S va iPhone 6S Plus smartfonlari sotilishining savdoga chiqishi sanasidan darak topdi – smartfonlar bir nechta davlatlarda 18 sentabrdan sotuvga chiqariladi.

Savdolar boshlanishi haqida birvarakayiga uchta manba – Vodafon aloqa operatorining ishchi yozishmalari, Yaponiyaning ITHome sayti materiallari va Germaniyaning Macerkopf blogidan ma'lum bo‘ldi. Yangi qurilmalarni birinchilardan sotib olish imkoniyatiga Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQSh aholisi ega bo‘ladi.

Materiallar mualliflarining fikricha, Apple o‘zining yangi mahsulotlarini namoyish qiladigan an'anaviy anjuman 9 sentabrda bo‘lib o‘tishi va kompaniya qurilmalarni namoyish qilgandan keyin 10 kun ichida ularni sotuvga chiqarishi odati borligini ta'kidlab o‘tmoqda.  

Top