16:00 / 20.08.2015
2786

Durov «VKontakte» asosiy data-markazi binosini qariyb 1 mlrd rublga sotdi

Pavel Durovning sobiq ICVA Ltd. Kompaniyasiga tegishli «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ining asosiy data-markazi binosini sotish bo‘yicha kelishuv 919 mln rublga baholandi, deya xabar berdi “Izvvestiya”.

Mazkur ma'lumot Mail.Ru Gorupning 2015 yil birinchi yarimyilligi uchun moliyaviy hisoboti e'lon qilinganidan so‘ng ma'lum bo‘ldi.

Avvalroq Durov bino uchun ikki barobar kamroq olgani taxmin qilingan edi. O‘sha paytda mutaxassislar binoni 500 mln rublga baholashgan.

Bino oldi-sottisi “VKontakte” begona data-markazlarga qaram bo‘lmasligi kerak, deb hisoblagan ijtimoiy tarmoqning yangi investori DST jamg‘armasi tashabbusi bilan amalga oshdi.

Top