20:07 / 20.08.2015
3538

Nazarboyev eksportchilardan valyuta tushumini mamlakat ichida sotishni so‘ramoqda

Qozog‘iston  prezidenti Nursulton Nazarboyev eksportchilardan iloji boricha valyuta tushumini mamlakat ichida sotishni so‘radi. Nazarboyev buni nazorat qilishni hukumatga topshirdi, deb xabar bermoqda tengrinews.kz.

“Bugun barcha eksportchilarimizga bir iltimos bilan murojaat qilmoqchiman: yangi ayirboshlash kursi darajasi sharoitlarida hukumatga yordam berishingiz va davlatni valyuta tushumi bilan ta'minlashga harakat qilishingiz kerak. Men talab qilmayapman, men iltimos qilyapman. Hozir murakkab bo‘lsa ham choralar ko‘rmoqdamiz. Barcha mushkullik hukumat zimmasiga tushmoqda, biroq imkon boricha valyutani xorijda ushlab turmay, mamlakat ichkarisida sotishingizni so‘rayman”, deb aytdi Nazarboyev mamlakat tadbirkorlari bilan uchrashuvi paytida.

Shuningdek, Nazarboyev bankda tangada omonatda pul saqlagan omonatchilarga milliy valyutaning qadrsizlanishi natijasida yo‘qotilgan ziyonni qoplab berishni talab qildi.

Top