18:36 / 20.08.2015
5106

O‘zbekistondagi 19ta sayyohlik firmasining litsenziyasi 10 kunga to‘xtatib qo‘yildi

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 19ta sayyohlik firmasi litsenziyasi sayyohlik qonunchiligi bandlari bajarilmagani sababli 10 ish kuniga to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi saytida ma'lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sayyohlik faoliyatini litsenziyalash Komissiyasi 2015 yil 18 avgustdagi yig‘ilishi bayonnomasiga binoan sayyohlik yig‘imlarini o‘z muddati va o‘z miqdorida to‘lamagan 19ta sayyohlik firmasining litsenziyasi 10 ish kuniga to‘xtatib qo‘yildi.

“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga binoan litsenziyasi vaqtinchalik to‘xtatilgan firmalar ro‘yxati saytda e'lon qilingan.

1. MChJ “ANDIJON SHARQ DURDONASI”;

2. MChJ “VALISHER LYUKS”;

3. MChJ “SHAXRISTON-VOYAGE”;

4. MChJ  “BUXOROTURIST”;

5. MChJ “O'ZBEK DAVLAT SIRKI”;

6. MChJ “HOTEL SAYOKHAT”;

7. MChJ “ISTAM RAXIM”;

8. MChJ “OMAD BIZNES ZARAFSHON”;

9. “FITNES” sport klubi;

10. MChJ “SAYDANA”;

11. MChJ “ALIJON”;

12. MChJ “UZBEGIM PLAZA”;

13. MChJ “BO'STON TURIZM SERVIS”;

14. MChJ “ABDULLO”;

15. MChJ “DENOV-EUROAZIA”;

16. MChJ “YANGIOBOD-SAYOXATCHI”;

17. MChJ “ZAFAR INVEST IMPEX”;

18. MChJ “XORAZM PALACE”;

19. MChJ “MEROS”.

Top