16:20 / 20.08.2015
2759

Tyantszindagi portlash joyida sianid miqdori me'yoridan 356 marta ortiqcha

Tyantszinda ro‘y bergan kuchli portlash joyida sianid miqdori me'yoridan 356 marotabagacha ortib ketgan, deya xabar bermoqda France-Presse tvitteri.

Bu haqda hukumat rasman e'lon qilgan.

Avvalroq esa 12 avgust kuni kuchli portlashlar sodir bo‘lgan Xitoy shimolidagi Tyantszin port shahrida yangi portlash kuzatilgani ma'lum qilingan edi. Xabar berilishicha, 17 avgust kuni erta tongda hodisa ro‘y bergan joyda oq tutun paydo bo‘lgan, yaqin-atrofdagi harbiylar evakuatsiya qilingan.

Top