15:11 / 21.08.2015
6841

O‘zbek olimlari yuz tasviri orqali inson shaxsini aniqlaydigan dastur yaratishdi

"ABL-SOFT&SS" mas'uliyati cheklangan jamiyat dasturchilari “FaceCon TR.uz” videotasvirlarni intellektual qayta ishlash va inson shaxsini aniqlash masalalarini yechish uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqishdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining axborot xizmati xabar bergan.

Ushbu dasturiy mahsulot videotasvirlarni intellektual qayta ishlash va inson shaxsini uning yuz tuzilishi, biometrik ko‘rsatkichlari orqali aniqlashga oid bir qator masalalarni yechishga mo‘ljallangan.

Dastur raqamli videokameraning kuzatuv hududida turgan odamlar yuzlarini tanib olish, ularning jinsi, irqiy mansubligi va taxminiy yoshini yuz tasvirlari orqali aniqlash imkonini beradi, shuningdek yuzlari aniqlangan shaxslar tasvirlarini ularning ma'lumotlar bazasidagi namunali fotosuratlari bilan hatto ularning tashqi ko‘rinishi o‘zgargan hollarda ham (qariganlik, soqol va mo‘lovning borligi yoki yo‘q bo‘lib qolgani, soch turmagi, terisining rangi va h.k. o‘zgartirilgan) muvaffaqiyatli qiyoslab aniqlashga yordam beradi.

Mualliflar jamoasi - A.R.Maraximov, S.S.Rasulov, Sh.X.Umarov va A.A.Raximjonovga ushbu dastur uchun № DGU 03200 raqamli guvohnoma berildi

Top