15:21 / 21.08.2015
8396

Qirg‘izistonda som kursi dollarga nisbatan tarixda eng past narxga tushdi

Qirg‘iziston milliy valyutasi – som mamlakat tarixidagi eng past kursni qayd qildi. Milliy bank ma'lumotlariga qaraganda, dollarning rasmiy kursi 21 avgust holatiga ko‘ra 62.145 somni tashkil qilmoqda.

Bishkekdagi valyuta ayirboshlash shoxobchalari dollarni 64.4 somga sotib olib, 65.4 somga sotmoqda.
Bank aholini sarosimaga tushmaslikka, valyuta bozorining barqarorlashuvini kutishga chaqirmoqda.

“Somning qadrsizlanishiga obektiv sabablar yo‘q”, – dedi moliyaviy regulyator rahbarining o‘rinbosari Nurbek Jyengish.
Uning aytishicha, som kursiga Qozog‘istonning milliy valyuta kursini erkin qo‘yib yuborish haqidagi qarori ta'sir ko‘rsatgan.

Top