12:19 / 21.08.2015
3604

Seuldan Londonga uchayotgan Boeing yo‘lovchi samolyoti Irkutskka majburan qo‘ndi

Seuldan Londonga parvozni amalga oshirayotgan Boeing 787 Dreamliner yo‘lovchi samolyoti uchuvchilar xonasida tutun chiqishi tufayli favqulodda ravishda Irkutskka qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda "Interfaks" xabar bergan.

"British Airways aviakompaniyasiga tegishli Boeing samolyoti Seuldan London shahriga uchayotgan edi. Sibir ustida parvoz qilayotgan samolyot uchuvchisi xonada chiqqan tutun haqida ma'lum qilib, majburan qo‘nish haqida iltimos qildi. Samolyotni Irkutsk shahridagi aeroport qabul qildi", deyiladi agentlik xabarida.

Manbaning ma'lum qilishicha, samolyot majburiy qo‘nishni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirgan, hech kim jabrlanmagan.

Top