09:50 / 22.08.2015
2591

Amsterdam-Parij tezyurar poyezdida otishma sodir etgan shaxs marokashlikligi aytilmoqda

Fransiyada Amsterdam-Parij yo‘nalishida harakatlanayotgan tezyurar poyezdda otishma keltirib chiqargan shaxs hibsga olinib, tergov qilinmoqda.

L'Express nashrining yozishicha, bu shaxs 26 yoshda va Marokash fuqarosi yoki kelib chiqishi marokashlik hisoblanmoqda.

Uni poyezdda 2 nafar amerikalik yo‘lovchi zararsizlantirib, qo‘lga olishgan. Ma'lum qilishlaricha ular sobiq askarlardir.

Biroz oldinroq, poyezdda kelib chiqqan bu otishma natijasida 3 nafar yo‘lovchi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Fransiya IIV rahbari Bernar Kaznev poyezdda o‘q uzgan jinoyatchini qo‘lga olgan ikki amerikalikka minnatdorchilik bildirgan.

Top