Texnologiya | 19:12 / 22.08.2015
3851
2 daqiqa o‘qiladi

Lumia 940 va 940 XL oktabrda namoyish etiladi

Kuni kecha Xitoyning WPDang blogi hali rasman namoyish etilmagan Lumia 940, Lumia 940 XL, Surface Pro 4 plansheti, Xbox One Mini o‘yin konsoli hamda Band 2 brasletining bo‘lajak taqdimoti haqida yangilik chop etdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, yuqorida nomi ko‘rsatilgan barcha qurilmalar Microsoft kompaniyasining oktabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan yirik anjumanida namoyish etiladi.
Lumia 940 va 940 XL – Microsoft’ning 2015 yilda namoyish etililishi kutilayotgan ilk flagmanlaridir.

Bu ikkala smartfon Apple’ning iPhone 6S va iPhone 6S Plus, Samsung’ning Galaxy S6 va Galaxy Note 5 smartfonlari bilan raqobat qiladi. Shuningdek, har ikkala Lumia ham Continuum funksiyasini qo‘llab-quvvatlovchi yangi qo‘shimcha qurilmaga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, Lumia 940 va 940 XL rasmiy taqdimotdan so‘ng qisqa vaqt ichida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida sotuvga chiqariladi. Ular $600-650 narxda sotilishi taxmin qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish