Sport | 17:34 / 24.08.2015
1765
1 daqiqa o‘qiladi

Benzemaning agenti: Karim "Real"da qolishiga 1000 foiz darajada ishonchim komil

"Real" jamoasining fransiyalik hujumchisi Karim Benzemaning agenti Karim Jaziri o‘z mijozining kelajagi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Karimga "Real"da o‘ynash yoqadi. U yangi mavsumda ham "Real"da o‘ynashda davom etadi. Buni 1000 foizlik ishonch bilan aytishim mumkin. U mavsumlar oralig‘ida boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirmagan", deydi agent.

Bundan oldin, «Real» Benzemani «Arsenal»ga 50 million funt evaziga transfer qilishga roziligini bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish