Jahon | 15:00 / 24.08.2015
3212
1 daqiqa o‘qiladi

Putin 25 avgust kuni Iordaniya qiroli Abdulla II bilan uchrashadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 avgust kuni Iordaniya qiroli Abdulla II bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.

Qirol Abdulla II Rossiyaga ishchi tashrif bilan kelishi kutilmoqda.

"Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning muhim tomonlari muhokama etilishi rejalashtirilgan. Asosiy e'tibor Iordaniyada Rossiya bilan hamkorlikda ilk atom elektrostansiyasi qurilishi bo‘yicha ishlarga qaratiladi", deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasida Yaqin Sharq hududidagi terrorizm muammosi, xususan "IShID"ga qarshi kurashish masalalari muhokama qilinishi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish