11:15 / 25.08.2015
5420

AQSh generali: Biz KXDR raketalar qaysi tomonga yo‘naltirilganini bilamiz va bunga tayyormiz

AQSh Harbiy-havo kuchlari generali Mark Uolshning ma'lum qilishicha, KXDR tomoni Gavayi orollari va AQShning Tinch okeani hududidagi boshqa obektlarini mo‘ljalga olgan raketalarga ega.

"KXDRda mamlakatimizning g‘arbiy qirg‘oqlariga yetib kela oladigan raketalar mavjud. Gazetalar ham bu haqida har kuni yozishmoqda. Ulardagi raketalar Gavayi orollari va AQShning Tinch okeani hududidagi boshqa obektlariga yo‘naltirilgan. Bu bizni juda xavotirlantirmoqda", deydi Uolsh.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya bu niyatlarini maxfiy saqlayotgan bo‘lsada, AQSh hukumati bu ma'lumotlarni biladi.

Top