Jahon | 17:56 / 25.08.2015
3071
1 daqiqa o‘qiladi

Nursultan Nazarboyev keyingi haftada Xitoyga safar qiladi

Qozog‘iston Prezidenti Nursultan Nazarboyev 31 avgustdan 3 sentabrga qadar rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh Vaziri axborot xizmati xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, shuningdek, Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Bakitjan Sagintayev va Xitoy davlati Kengashining vitse-premeri Chjan Gaoli ishtirokida Pekinda Qozog‘iston-Xitoy hamkorligi bo‘yicha yettinchi majlisi tashkil qilinadi.

«Mazkur yig‘ilish Nursultan Nazarbayevning 31 avgust — 3 sentabr kunlari Xitoyga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tadi», deyiladi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish