2014 yilda O‘zbekistonda odam savdosiga oid 1016 holat bo‘yicha tergov olib borildi
O‘zbekistonda 2014 yil mobaynida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan odam savdosiga oid 1016 holat bo‘yicha tergov ishlari olib borildi. 2013 yilda esa bu ko‘rsatkich 1093tani tashkil etgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2014 yilda 641 kishiga nisbatan sud ta'qibi qo‘llanilgan bo‘lib, 583 kishiga odam savdosi jinoyati bo‘yicha hukm o‘qilgan. 2013 yilda esa 597 kishi ushbu jinoyatni sodir etganlikda ayblangan edi.
Tergov xulosalariga ko‘ra 559 kishi qamoq jazosiga hukm qilingan, 19 nafar odam savdogari axloq tuzatish ishlariga jalb etilgan. 2013 yil davomida esa mazkur jinoyatda aybdor deb topilgan 583 kishi qamoq jazosiga mahkum qilingan.
583 nafar sudlangan va qamoq jazosiga loyiq deb topilgan qonunbuzarning 130 nafariga keyinchalik shartli muddat hukmi qo‘llanildi.
2014 yilda Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahridagi huquqni muhofaza qilish organlarining mavjud odam savdosiga qarshi kurash bo‘limlari faoliyatini qayta tashkil etib, har bir hududiy bo‘linmada odam savdosi masalalari bo‘yicha shug‘ullanuvchi xodimlar sonini oshirdi.