01:06 / 27.08.2015
24448

O‘zbekistonda bir qator hokimlar va ularning o‘rinbosarlari davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga binoan 11 nafar tuman hokimlari o‘rinbosarlari, 2 nafar tuman hokimi, Toshkent shahri hokimi birinchi o‘rinbosari va 2 nafar vazir o‘rinbosarlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Quyidagi taqdirlanganlar ro‘yxati keltirilgan:

«Fidokorona xizmatlari uchun»:ordeni

Xo‘janiyozova Shakarjon – Xorazm viloyati hokimining iqtisodiy-ijtimoiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.

«Mehnat shuhrati» ordeni:

Aliyev G‘ofir – Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi;
Ne'matov Shuhrat – Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimi;
Xudoyorov Asilbek –O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari.

«Do‘stlik» ordeni:

Aliyev Murodjon – O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari;
Allaqulov Panji – Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hokimi;
Atemov Uskanboy – Toshkent viloyati Yuqori-Chirchiq tumani hokimi;
Botirov Doniyor – Sirdaryo viloyati Boyavut tumani hokimi;
Jalolov Akmaljon – Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi;
Mamadaliyev G‘ayratali – Farg‘ona viloyati Rishton tumani hokimi;
Raxmonov Baxtiyor – Toshkent hokiminiing kapital qurilish, kommunal xo‘jaliklar, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;
Turopov Usmon – Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani hokimi;
Yusupov Rustam – “O‘zavtosanoat” AK boshqaruv raisi o‘rinbosari.

«Shuhrat» medali:

Ismoilova Gulnora – Jizzax viloyati Forish tumani hokimi o‘rinbosari, ayollar qo‘mitasi raisi;
Ishmurotova Ziyoda – Samarqand viloyati Pastdo‘rg‘om tumani hokimi o‘rinbosari, ayollar qo‘mitasi raisi;
Normurotova Kunsulu – Navoiy viloyati Konimex tumani hokimi o‘rinbosari, ayollar qo‘mitasi raisi.

Top