Jahon | 09:06 / 27.08.2015
3049
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 12 kishi Tyantszindagi portlash bo‘yicha aybdor sifatida hibsga olindi

Xitoyning Tyantszin shahridagi kimyoviy omborxonada yuz bergan portlash uchun javobgar sifatida 12 kishi hibsga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslangan holda "Interfaks" xabar bergan.

Xitoy prokuraturasida aytilishicha, "ba'zi mas'ul shaxslar ishdagi o‘z mas'uliyatini unutib, xavfli moddalarni saqlash tartiblariga rioya qilmagan. Shuningdek, "Juxay" kompaniyasi noqonuniy ravishda kimyoviy moddalar bilan ishlagan.

Hibsga olinganlarning aksar qismi "Juxay" kompaniyasi rahbarlari hisoblanadi. Qolaversa, omborxona rahbarlari ham tergov qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12 avgust kuni yuz bergan ushbu portlash 139 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, yana 30 nafardan ortiq kishi bedarak ketdi.