Jahon | 18:45 / 28.08.2015
9026
1 daqiqa o‘qiladi

Dvigatel sig‘imi kichik bo‘lgan Matiz avtomashinasini Turkmanistonga olib kirish taqiqlandi

Turkmanistonda joriy yilning 1 avgustidan boshlab dvigatel sig‘imi 1300 kub. sm.dan kichik bo‘lib avtomobillarni olib kirish taqiqlab qo‘yilgan. Bu haqda «Xronika Turkmenistan» nashri xabar tarqatdi.

«Misol uchun, ilgari dvigatel sig‘imi 800 kub.sm. bo‘lgan Daewoo Matiz rusumli avtomobilni Turkmanistonga olib kirish mumkin edi. Biroq yangi qonunlarga ko‘ra, endi bu turdagi mashinalar bojxonadan o‘tkazilmaydi», deyiladi nashr xabarida.

Hozircha bojxona xodimlari aynan qaysi qoidalar bo‘yicha bu taqiq joriy qilinganini ma'lum qilishmayapti.

«Rahbariyatning shunaqa farmoyishi bor» deb javob berishmoqda, izohlanadi maqolada.